Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi arafasida Mirobod tumanidagi “Fitrat” mahallasida joylashgan 158-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish avvalo maktabning kuz-qish mavsumiga shayligi bilan tanishishdan boshlandi. Ta’lim jarayonining sovuq kunlarda uzluksiz davom etishi uchun mavjud sharoitlar, maktab binosining umumiy holati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlariga e’tibor qaratildi.

📚 Deputat maktab o‘qituvchi va pedagoglari bilan suhbatlashib, 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.

🌳 Shuningdek, maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning sifatli bilim olishi bilan birga, ular uchun ozoda, qulay va munosib ta’lim muhitini yaratish muhimligi qayd etildi.

🤝 Tashrif davomida Toshpo‘lat Matibayevga xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, 158-sonli umumta’lim maktabi direktori Tatyana Gribanova hamrohlik qildi. Muloqot davomida maktab faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshpo‘lat Matibayev O‘zbekiston “Adolat” SDP nomidan maktab direktori hamda bir guruh fidoyi pedagoglarni e’tirof etib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi. Ustozlarning yosh avlodga bilim va tarbiya berishdagi fidokorona mehnati alohida qadrlanishi ta’kidlandi.

📉 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari, xususan, umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport va ta’lim infratuzilmasi holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda hududlarni obodonlashtirish masalalarini joyiga chiqib o‘rganish bilan hamohang ravishda tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv yakunida deputatlar Toshpo‘lat Matibayev va Tatyana Gribanova “Fitrat” mahallasi hamda uning hududida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashib, hamkorlikda olib boriladigan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

✅ Ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarligi, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish va hududdagi dolzarb masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2