Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📌Sessiya ishida tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kotibiyat mudiri, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

🔹Sessiya ishida 5 ta masala ko‘rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi:

🖋 Tuman mahalliy byudjetining 2026-yil mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarining mablag‘lari hisobidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;

🖋 O‘rta Chirchiq tumanida tibbiyot sohasida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

🖋 Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi markaziy ko‘chalar bo‘yidagi chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ta’riflarni belgilash to‘g‘risida;

🖋 O‘rta Chirchiq tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2026-yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🖋 O‘rta Chirchiq tumanda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida;

❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib tegishli qarorlar qabul qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 10