Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Yoshlar xiyobonidagi yashil hududlar holati deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Yoshlar xiyobonining bugungi holati, hududdagi yashil maydonlar va manzarali daraxtlarning saqlanishi hamda parvarishlanishiga qaratildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatov va deputat M. Abdurahmonovaga biriktirilgan tashkilot — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, deputat M. Abdurahmonovaga biriktirilgan qonun — O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi O‘RQ-409-son «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi ham o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

O‘rganish davomida xiyobondagi daraxt va butalarning holati, ularni parvarishlash ishlari, yashil hududlarning saqlanishi hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ayrim manzarali daraxtlarning qurib qolgani ham aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan daraxtlarning qurishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash, ularni tegishli tartibda hisobga olish hamda xiyobondagi yashil hududlarni parvarishlash ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

O‘RQ-409-son Qonunda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, shuningdek, o‘simliklarning yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan talablar belgilangan. Qonunga ko‘ra, o‘simlik dunyosi umummilliy boylik hisoblanib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Shu bois, Yoshlar xiyobonidagi mavjud yashil hududlarni asrash, manzarali daraxtlarni muntazam parvarishlash, qurigan daraxtlar holatini o‘rganish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xiyobondagi yashil hududlarni saqlash va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganish O‘RQ-409-son Qonun talablarining joylarda amaliy ijrosini ta’minlash, yashil hududlarni asrash va ekologik muhitni yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 7