Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi A. Mahkamov raislik qildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A. Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi birinchi masala — Marg‘ilon shahrida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son hamda 2026-yil 12-maydagi 239-son qarorlari asosida shaharda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

2026-yil 11-avgust holatiga “Ayollar daftari”ga jami 6 895 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ularning 6 892 nafariga, ya’ni 99,9 foiziga belgilangan besh toifa bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 1 041 nafari ro‘yxatga olinib, 1 017 nafarining bandligi ta’minlangan. Shundan 815 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 212 nafari kasb-hunarga jalb etilgan.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish istagidagi 65 nafar xotin-qizga ham amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. Ulardan tadbirkorlikni boshlash istagidagi 42 nafariga jami 764 million so‘m, faoliyatini kengaytirish istagidagi 9 nafariga esa 147 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Mazkur yo‘nalishda 79 nafar fuqaroga uy-joyini ta’mirlash uchun tegishli jamg‘armalar hisobidan mablag‘lar ajratilgan.

Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlarning 2 421 nafariga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. Jumladan, 2 345 nafar ayolga psixologik yordam ko‘rsatilgan, 80 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bir nafar xotin-qiz bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘rilgan.

Huquqiy yordam yo‘nalishida esa 3 282 nafar xotin-qizga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. Jumladan, “Madad” NNT tomonidan 2 462 nafar ayolga bepul huquqiy yordam ko‘rsatilgan, 814 nafariga huquqiy masalalar yuzasidan individual maslahatlar berilgan.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida deputatlar tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga berilgan javoblar muhokama qilindi.

Muhokama davomida deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ularga mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javoblarning asoslanganligi hamda murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolarning amaliy yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Doimiy komissiya a’zolari deputat so‘rovlarida ko‘tarilayotgan masalalar ijrosini nazorat qilish, aholining murojaatlarida aks etayotgan muammolarga e’tiborni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10