Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Kotib

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, milliy qadriyatlarimiz va ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish imkonini bergan ulug‘ ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish hamda zamonaviy va demokratik davlat barpo etish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlab, xalqimizning farovon hayoti, yosh avlodning munosib kelajagi va mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida izchil islohotlarni amalga oshirmoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Vatanimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi
raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna.

—————————————

Уважаемые соотечественники!

От всей души искренне поздравляю вас с 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан!

Независимость — это великое достояние нашего народа, ставшее основой для реализации его вековых стремлений, национальных ценностей и благородных целей. За прошедшие 35 лет в нашей стране проделана огромная работа по укреплению мира и стабильности, повышению благосостояния народа, развитию экономики, а также построению современного и демократического государства.

Сегодня Новый Узбекистан уверенно движется по пути развития, последовательно реализуя масштабные реформы, направленные на повышение благосостояния нашего народа, создание достойного будущего для молодого поколения и укрепление авторитета нашей страны на международной арене.

Пользуясь случаем, желаю всем крепкого здоровья, семейного счастья и благополучия, мира и спокойствия в каждом доме, новых успехов и достижений в вашей трудовой деятельности.

Пусть мир и стабильность в нашей любимой Родине, единство нашего народа и благополучие каждой семьи всегда будут прочной основой нашего общего будущего!

С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан!

Председатель Кенгаша народных депутатов Мирзо-Улугбекского района
Юлдашева Муяссар Таировна.

Slide 1 of 1