Joriy yilning 3-fevral kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati X.Xafizov hamda Sarbozor MFY “Mahalla yettiligi” ishtirokida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida 2024-yildagi bajarilgan ishlar va 2025-yildagi bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan “Sarbozor” MFY raisi A.Akbaraliyev mahalla faollari va fuqarolariga hisobot berib o‘tdi.
Hisobot yuzasidan "Sarbozor" MFY fuqarolari o‘zlarining savol va taklif, fikr-mulohazalarni bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv jarayonida tuman Kengashi deputati X.Xafizov hamda “Sarbozor” MFY raisi A.Akbaraliyev bilan birgalikda fuqarolarning murojaatlari ham koʻrib chiqildi, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.