Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich “Markaziy” MFY Xuvaydo ko`chasi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida axoli tomonidan aholini qiynayotgan dolzarb masalalar ko`tarildi. SHular qatorida ko‘cha yoritgichlarini o‘rnatish, elektr ta’minoti ustunlarini almashtirish va videokuzatuv kameralarini o`rnatish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, mahalla vakillari (maxala yettiligi) axoli uy atrofini ozoda saqlash va yaqin atrofdagi daryoga chiqindilar tashlanishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlar olib borildi. Natijada, ko`tarilgan masalalarni yechimi yuzasidan vazifalar belgilandi va nazoratga olindi.