Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati Fuqaro holidan xabar olindi
#_deputat_faoliyati
Fuqaro holidan xabar olindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining “5-Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat S.Asadovning saylov hududiga kiruvchi Sebzor mahallasida aholi muammolarini o‘rganish doirasida uyida yotib qolgan fuqaro holidan xabar olindi.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov ishtirok etdilar.
Tashrif davomida fuqaroning holidan xabar olinib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq sharoitlari, kundalik ehtiyojlari hamda mavjud muammolari o‘rganildi. Fuqaro bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uning murojaatlari, taklif va istaklari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni hal etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Fuqaroga mavjud masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Aholining, ayniqsa, ko‘mak va e’tiborga muhtoj fuqarolarning holidan xabar olish, ularning murojaatlarini tinglash va muammolariga yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Slide 1 of 3