35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
15-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#deputat_okrugida
#nazorat_tahlil

15-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U.Yangiboyev o‘zi saylangan hududdagi “Xomkon” mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktab binosi, sinfxonalar, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab mas’ullari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ijobiy baholandi. Mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3