Marhamat tumani Xasanmergan, Rovot mahalla fuqarolar yig’inlarini bo’g’lab turuvchi “Ipak yo‘li” ko‘chasi xududidan o‘tkan ichimlik suvi quvirining yorilishi oqibatida kelib chiqqan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida mahalla raisini murojaatiga ko’ra Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashiga 14-“Xurriyat” saylov okrugidan saylangan deputat Abdumalik Xamdamov harakatlarni boshlab yubordi. Ya’ni mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natdi. Natijada, fuqarolar murojaati ijobiy hal qilinib, tuman «Suvoqova» davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan quvur ta'mirlandi. Qo'shimcha ravishda hududda obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.