Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 8-Balandchayla saylov okrugi deputati O. Xo‘janov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi B.Fayziyev hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

📌 Uchrashuv Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-18-14-4-58-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 33-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

📖 Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirilib, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

💬 Shuningdek, yoshlar bilan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlar yuzasidan ochiq savol-javob o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

📊 Qamashi tumanida 14–30 yoshdagi yoshlar soni 79 307 nafarni tashkil etadi. Ularning 52 892 nafari “yashil”, 26 415 nafari “sariq” va 104 nafari “qizil” toifaga kiritilgan.

🎯 Yil boshida o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan 367 nafar ishsiz yosh viloyat va tuman darajasidagi rahbarlarga biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borildi.

✅ Bugungi kunga qadar 367 nafar yoshning barchasi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 295 nafarining muammosi ijobiy hal etildi. Jumladan:
🔹 21 nafari doimiy ishga joylashtirildi;
🔹 13 nafariga imtiyozli kredit ajratildi;
🔹 22 nafari muddatli harbiy xizmatga yuborildi;
🔹 25 nafari ta’limning keyingi bosqichiga jalb etildi;
🔹 149 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi;
🔹 40 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yo‘naltirildi;
🔹 7 nafari kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi.

🤝 Uchrashuv yakunida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning muammolarini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish va har bir yoshning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.