Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Abduraxmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bolalar o‘yingohida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 17-avgust, dushanba kuni Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish hamda tegishli ma’lumotlarni shakllantirish.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida, Olmazor tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari F. Valixonov hamkorligida “Zarxal” MFY mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrda turuvchi hamda mahalla nuroniylari qabuli tashkil etiladi.


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 18-avgust seshanba kuni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida mahallalarda o‘rganishlar tashkil etish.

🔹 Mahallalarda obodonlashtirish, hududlarni toza saqlash, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchalari va umumiy foydalanishdagi hududlarning holatini o‘rganish.

🔹 “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘kalamzorlashtirish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarning borishini nazorat qilish.


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova


🗓 19-avgust chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayevaning “G‘alaba” MFY raisi, yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganadi;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Abidjanovaning “Oltinsoy” MFY raisi, yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganadi;

🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 20-avgust payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Raximqul Maxammadiyev , “Paxta” mahalla raisi, yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganadi;


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 21-avgust juma kuni Tumandagi kommunal sohada olib borilayotgan ishlar, xususan, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, kanalizatsiya, chiqindilarni boshqarish va obodonlashtirish masalalarini o‘rganish.


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

❗️ Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Kengash deputati Haftalik rejada belgilnagan kunda tadbiorda ma'lum sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan taqdirda kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisi ishtirok etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1