Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
#deputat_nazorati #kotibiyat_mudiri #24_muhim_masala

IJTIMOIY YORDAMNING MANZILLILIGI VA SIFATI NAZORATDA

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati Zuhro mahallasida izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A. Ermatov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi A. Abdurahimov hamrohligida mahalladagi ehtiyojmand oilalar xonadonma-xonadon o‘rganildi.

Navbatdagi o‘rganish Zuhro MFY, Zuhro ko‘chasi, 35A/30-uyda yashovchi Mamadaliyeva Payzilatxon Sodiqjon qizi xonadonida o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida xonadonda belgilangan ishlarning asosiy qismi bajarilgani, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam bo‘yicha ishlar nisbatan ijobiy yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Shu bilan birga, nuqson dalolatnomasida qayd etilgan ayrim kamchiliklar hali to‘liq bartaraf etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Xususan, dalolatnomada ko‘rsatilgan vanna jihozi xonadonga hali yetkazib berilmagan. Bu esa ko‘rsatilgan yordamning to‘liq va yakunlangan holda manziliga yetib borishini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi.

Aniqlangan holat mas’ullar e’tiboriga yetkazilib, yetkazib berilmagan jihozni xonadonga o‘rnatish hamda nuqson dalolatnomasida qayd etilgan ishlarni to‘liq yakunlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordamning qog‘ozda emas, balki amalda o‘z natijasini berishi muhim. Shu bois xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, to‘liqligi va belgilangan yordamning o‘z vaqtida yetkazilishi deputatlik nazorati orqali izchil kuzatib boriladi.

Slide 1 of 5