Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
“Zarobod” mahallasida tibbiy xizmatlar o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #24_ta_tavsiya
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

“Zarobod” mahallasida tibbiy xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev tomonidan “Zarobod” mahallasidagi 43-sonli QOPda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlashda tavsiya etilgan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan 2-yo‘nalish — aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati hamda 9-yo‘nalish — aholining bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanishi holati bo‘yicha amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi hamda fuqarolarni bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati ko‘rib chiqildi.

Natijada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda muammolar mavjud emasligi aniqlandi va mazkur yo‘nalishdagi ishlar ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4