Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
MIROBOD TUMANIDA HUDUDLARNI MANZILLI O‘RGANISH VA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MIROBOD TUMANIDA HUDUDLARNI MANZILLI O‘RGANISH VA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Gulnora Marufova boshchiligida, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tumandagi “Salor” va “Farovon” mahallalarida manzilli o‘rganish va jamoatchilik nazorati tadbirlari tashkil etildi.

📝 O‘rganishlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oliy Majlis Senati hamda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, 2026-yil — “Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida Mirobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining hududlardagi ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Shu bilan birga, “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mahalla yettiligi, deputatlar, faollar va aholi bilan hududdagi mavjud masalalar hamda ularning amaliy yechimlari yuzasidan muloqot qilindi.

📍 O‘rganishlar dastlab “Salor” mahallasidan boshlandi. Mahallada 5 258 nafar aholi istiqomat qilishi, shundan 2 252 nafari xotin-qizlar va 719 nafari yoshlar ekani, 2 137 ta xonadon hamda 2 160 ta oila mavjudligi qayd etildi. Hududda 380 ta tadbirkorlik obyekti, 780 ta xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan xonadon va 35 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 54 ta oilaning bandligi ta’minlangan, 5 ta oilaga ta’lim, tikuvchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida imtiyozli kreditlar ajratilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

🏗 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘p qavatli uylar oralig‘ida olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Hududdagi mikrobog‘, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlari ta’mirlanib, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani ko‘zdan kechirildi. Hashar ishlariga aholining faol jalb etilgani ham e’tirof etildi.

🏫 O‘rganish davomida hududdagi 94-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ham nazorat qilindi. Senator Gulnora Marufova, deputat Toshpo‘lat Matibayev va mutasaddilar quruvchilar hamda hashar ishtirokchilari bilan muloqot qilib, ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishiga e’tibor qaratdilar.

🔺 Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarda yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ichki yo‘llar va tungi yoritish, kommunal xizmatlar, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar holati, jamoat transporti, aholi bandligi, obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

🤝 Toshpo‘lat Matibayev hududdagi har bir masalani bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi murojaatlarini mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish muhimligini ta’kidladi.

✨ Mahalla aholisining tinchligi, hudud obodligi va oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan manzilli o‘rganishlar, deputatlik hamda jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10