Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
IFTIXOR ZIYOYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI IFTIXOR ZIYOYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 20-“Foziltepa” saylov okrugidan saylangan deputati Iftixor Ziyoyev Uchtepa tumanidagi “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasi majlislar zalida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Yig‘ilishda Uchtepa tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi vakillari, 20-“Foziltepa” saylov okrugiga kiruvchi Tinchlikobod, Guzar, Farhod, Bog‘obod, Bog‘iston, Ko‘hna Cho‘pon ota, Katta Cho‘pon ota, Nayman va Birlik mahallalari raislari, faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Axborotda ta’kidlanganidek, deputat ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi va 1 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatlarini hal etish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

📁 Deputatlik nazorati natijasida “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasidagi 24-, 25- va 26-sonli ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi bilan bog‘liq muammo hal etildi. Avval issiqlik quvurlarining noto‘g‘ri o‘rnatilgani sababli mavsumda bosim pasayib, xonadonlarga yetarli issiqlik yetib bormayotgan edi. Deputatlik so‘rovi asosida muammo bartaraf etilib, mazkur uylarning isitish tizimi to‘liq tartibga keltirildi.

📉 Shuningdek, Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasining kadastr ma’lumotlari elektron tizimda aks etmagani sababli gaz, suv va elektr tarmoqlariga ulanishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi. Deputatlik so‘rovi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida Farhod, Katta Cho‘pon ota hamda tumandagi yana 13 ta mahallaning kadastr ma’lumotlarini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔺 Bog‘iston mahallasida to‘xtab qolgan “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha ham deputatlik so‘rovi kiritildi. Natijada dastur doirasidagi ishlarni Mustaqillik bayrami arafasida qayta boshlash bo‘yicha mas’ullar bilan kelishib olindi. Loyiha doirasida ko‘p qavatli uylarning fasadlarini ta’mirlash, ariq va drenaj tarmoqlarini qurish, asfalt qoplamalarini yotqizish, hududni obodonlashtirish va bolalar o‘yingohini tashkil etish ishlari nazarda tutilgan.

📹 Bundan tashqari, deputat aralashuvi bilan Nayman mahallasida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Mazkur tashabbus hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

🔎 Uchrashuv davomida kommunal infratuzilma, ekologiya, hujjatlashtirish, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya hamda mahallalardagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Ayrim masalalar joyida muhokama qilinib, qolganlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

✅ Iftixor Ziyoyev saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish, mahallalardagi infratuzilmaviy muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ko‘tarilgan masalalar ijrosini deputatlik nazoratida olib borish bundan keyin ham ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10