Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
TORARIQ MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLAR ASFALTLANMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-25-40-7-101-K/26-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori asosida hududlarda ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov tashabbusi bilan Torariq mahallasining ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🚧 Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahalla ichki yo‘lining 1,2 kilometr qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
✅ Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida mahalla aholisi uchun yanada tekis, ravon va qulay yo‘llar yaratiladi.
📌 Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni amaliy hal etish borasidagi deputatlik tashabbuslari davom etmoqda.

Slide 1 of 7