Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
"BIR NURONIY - O'N YOSHGA MAS'UL" KO'RIK TANLOVI O'TKAZILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Aliyev tashabbusi bilan hamda "Nuroniy" jamg‘armasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining Pastdarg‘om tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✅​Tuman Madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarning yosh avlod tarbiyasi, ular bilan ishlashdagi faolligi hamda hayotiy tajribasi hakamlar hay’ati tomonidan atroflicha baholandi.

✍️Natijalarga ko‘ra:

🥇​1-o‘rinni — Paxtakor MFYdan Mallayev Tolib
🥈​2-o‘rinni — Yangiobod MFYdan Qilichov Raim
🥉​3-o‘rinni — Sh. Rashidov MFYdan Muhammedova Feruza qo'lga kiritdi.

✅​G‘oliblar munosib taqdirlanib, tanlab olingan faollar musobaqaning keyingi viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Slide 1 of 4