Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Deputatlik o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 1-sonli “Palvosh ataw” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi Kotibiyati boshlig‘i A. Ibragimov tomonidan saylov okrugi hududidagi “Berdaq guzari” ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ko‘chadagi suv tarmog‘iga tegishli quduq (kolodets) yer sathidan pastda joylashib qolgani aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani, shuningdek, quduqdan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammoni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, quduqni yer sathiga mos holatga keltirish va hududdagi suv tarmog‘ining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.
Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2