35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
#huquqiy_axborot_soati

Xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlash va mulkdorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish mamlakatimizdagi huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda qabul qilingan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun xususiy mulk huquqini mustahkam huquqiy kafolatlar bilan ta’minlaydi.

Qonunga muvofiq:
🔹 xususiy mulk davlat himoyasidadir;
🔹 mulkdorning huquqlariga qonunga xilof aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
🔹 mulk faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda olib qo‘yilishi mumkin;
🔹 mulkdorga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi kafolatlanadi;
🔹 huquq va manfaatlar sud orqali ishonchli himoya qilinadi.

Mazkur Qonunning izchil ijrosini ta’minlash xususiy mulk daxlsizligini mustahkamlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash hamda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonunlarga rioya qilish – huquqlarimiz va qonuniy manfaatlarimizning ishonchli kafolatidir.