35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Ravshan Umarov “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarda bevosita ishtirok etib kelmoqda.  

Bugun deputat tomonidan “mahalla yettiligi” va “Mirzakalon Ismoiliy” fuqarolar yig‘ini mas’ullari ishtirokida bayram oldidan olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida hudud qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi muhim chora-tadbirlar belgilab olinib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xususan, shu kunning o‘zida ko‘chalar bo‘yidagi yovvoyi o‘t-o‘lanlar va qurigan shoxlar yig‘ishtirib olindi. Mazkur ishlarga qo‘shimcha maxsus texnikalar jalb etilib, markaziy ko‘chalar toza va obod maskanga aylantirilmoqda.

Slide 1 of 4