35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
YUNUSOBOD TUMANIDA MEHNAT HAMDA LOYIHALAR YARMARKASI TASHKIL ETILDI 👇👇👇

Yoshlar ijod saroyida tadbirkorlar va yoshlar uchun mehnat hamda loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yunusobod tuman Kengashi deputati, tumani hokimi A.Saidaliyev ishtirok etib, yarmarka faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqot qildi.

✨ Yarmarkada 30 ta korxona va tashkilot 950 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Tadbirda 45 nafardan ortiq ish izlovchi yoshlar ishtirok etib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha arizalar topshirdi.
Shuningdek, kasb-hunar egallash istagidagi 2 nafar fuqaroga o‘quv kurslari uchun vaucherlar topshirildi.

✅Mazkur yarmarka yoshlar va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1