Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 23 sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborsiz qolmaydi!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Bog‘i eram” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Murojaat bor joyda yechim ham bor!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

Mazkur vakolatdan kelib chiqib, Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati kotibiyat mudiri R Sultanov, 13-"S Segizboyev saylov o'krugi deputati G Abdunazimova hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi S Qulmuxamedovalar tomonidan Oqqo'rg'on tumanidagi ko'p tarmoqli poliklinikasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.

Oʻrganish davomida obyektda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi, ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi koʻzdan kechirildi.

Deputatlik nazorati doirasida rekonstruksiya ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masala nazoratga olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 9