35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
Haftalik Dayjest

6-IYUL
Deputat: Matchanov Shermat Madyorovich
25-Nayman saylov okrugi
✅ Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi o‘rganiladi.
✅ “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ–848) ijrosi tahlil qilinadi.
Mas’ul: Kengash kotibiyati mudiri M.Bobojonov.

7-IYUL
Deputat: Matniyozov Po‘lat Yoqubovich
2-Abu Rayhon Beruniy saylov okrugi
✅ Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tez tibbiy yordam mashinasining yetib kelish vaqti hamda patronaj hamshirasi faoliyati o‘rganiladi.
✅ Bog‘ot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bo‘yicha belgilangan manzilli loyihalar ijrosi ko‘zdan kechiriladi.
Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Karimov.

8-IYUL
Deputat: Jumaniyozov Erkinboy Ollaberganovich
10-Yu. Iskandarov saylov okrugi
✅ O‘zgarish mahallasida soliq inspektori faoliyati va unga yuklatilgan vazifalar ijrosi o‘rganiladi.
✅ Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bo‘yicha manzilli loyihalar monitoring qilinadi.
✅ “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ–97) ijrosi o‘rganiladi.
Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Quryozov.

9-IYUL
Deputat: Xudayberganova Jamila Xudayberganovna
6-I. Jabborov saylov okrugi
✅ Yuksalish mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganiladi.
✅ “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (336-son) hujjat ijrosi tahlil qilinadi.
✅ Bog‘ot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bo‘yicha manzilli loyihalar o‘rganiladi.
Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Karimov.

10-IYUL
Deputat: Boltayeva Gulnora Ro‘ziboyevna
12-Alisher Navoiy saylov okrugi
✅ Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
✅ “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (265-I-son) ijrosi o‘rganiladi.
✅ Bog‘ot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bo‘yicha belgilangan manzilli loyihalar monitoring qilinadi.
Mas’ul: Kengash kotibiyati mudiri M.Bobojonov.