35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari qadam
янв.21
MUSTAQILLIK BERGAN NE’MAT
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-46-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kengash raisi M.Tuychiyeva va doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov tomonidan Go‘zal mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov tomonidan Go‘zal mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–369-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirildi. Qonunga asosan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2