Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.
“Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inidagi uzoq vaqtdan beri ta’mirtalab bo‘lib kelayotgan yo‘llarning 500 metrga yaqin qismiga bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
📌 Natijaga qanday erishildi?
Mazkur muammo hudud aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. Tuman Kengashi deputati G‘.Uzoqov saylovchilar murojaatidan so‘ng ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari F.Usmonovga asoslantirilgan deputatlik so‘rovi yuborgan edi.
Olib borilgan tizimli hamkorlik va deputatlik nazorati natijasida bugun hududda yo‘lsozlar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi
Yo‘llar ravonligi — manzillar yaqinligi va aholi roziligining bosh omilidir. Hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar deputatlarimiz e’tiborida qoladi

DEPUTAT
Slide 1 of 5