Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Madjid Taxirov tomonidan “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda ekologik islohotlar ijrosi ustidan nazoratin kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i A.Rasulov hamda Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.S.Raxmonov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

🌱 Deputatlik so‘rovlarida so‘nggi yillarda mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, energiya samaradorligini oshirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan davlat siyosati va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etish so‘ralgan.

📝 Xususan, Toshkent shahrida sanoat tarmoqlarida “Yashil sertifikat”lar bozorini shakllantirish, mahsulotlarni ekologik markirovkalash tizimini joriy etish, nasos stansiyalarida quyosh va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish, buning natijasida elektr energiyasi iste’molini qisqartirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etish talab etilgan.

🔺 Shuningdek, deputat tomonidan Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirish, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yaratilgan rag‘batlantirish choralarining natijadorligi, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich muqobil energiya manbalariga o‘tkazish, ushbu yo‘nalishdagi moliyalashtirish manbalari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar haqida ham asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

📊 Bundan tashqari, deputatlik so‘rovlarida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda ekologiya va “Yashil iqtisodiyot” yo‘nalishidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan tahliliy xulosalarni taqdim etish masalasi ham ko‘tarilgan.

📁 Mazkur deputatlik so‘rovlari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq yuborilgan bo‘lib, mas’ul tashkilot rahbarlaridan barcha masalalar yuzasidan asoslantirilgan tahliliy ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar hamda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan 10 kun muddatda yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masalalar deputat tomonidan alohida nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1