Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
HURMATLI FUQAROLAR!

🟢Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 7-chaqiriq 30-sessiyasi 25-iyun soat 10-00 da boʻlib oʻtadi.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etiladi:
1. Tumanda investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish choralarining ijrosi to'g'risida tuman hokimining hisoboti.
2. Zarbdor tumani mahalliy budjetining qo'shimcha manbalari hisobidan mablag'larni yo'naltirish to'g'risida.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida.
4. Tumandagi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini tashkil qilish to'g'risida.
5. Tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga mablag' ajratish to'g'risida.
6. Zarbdor tumani “Shodlik” MFY Nihol massivida yangi qurilgan binoda umumiy o'rta ta'lim maktabini tashkil qilish to'g'risida.
7. Zarbdor tumani saylov komissiyasi a'zolari tarkibiga o'zgartirish kiritish bo'yicha nomzodlarni tavsiya etish to'g'risida.
8. Zarbdor tumanida “Soya-salqin sayr ko'chasi” barpo etish to'g'risida.
9. Tuman hokimining sessiyalar oralig'idagi qarorini tasdiqlash to'g'risida.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining rasmiy Youtube kanalida jonli efirda kuzatib boring!
Havola:
https://www.youtube.com/live/eHwjD6yrv8Y?si=4jjA7PAJKh5pQOc-