Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi

Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Faxriddin Ro‘ziqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimining samarali tashkil etilgani hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur jarayonda markaz faoliyati belgilangan talablar asosida yo‘lga qo‘yilgani, xizmat ko‘rsatish jarayonlari tizimli tashkil etilgani va fuqarolar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3