Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova tomonidan "Oybek" mahallasidagi Serquyosh ko‘chasi aholisi murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.
📍 O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chadagi 20 ga yaqin xonadonda markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi, natijada aholi ichimlik suvi ta’minotida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi.
🏢 Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman suv ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi kiritilib, Serquyosh ko‘chasidagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish, ushbu hududdagi 20 ga yaqin xonadonni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash hamda zarur hollarda yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish choralarini ko‘rish so‘raldi.
✅ Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotning bu boradagi ishlari yuzasidan ma’lumotlar olinib boriladi.

Slide 1 of 3