Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bektemir tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev boshchiligida Bektemir tumanida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

📝 Uchrashuvda Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati mudiri Z.I. Kavaev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Muloqot davomida tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tasdiqlangan reja-grafikning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Unda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.

📋 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni guruh faoliyatiga keng jalb etish, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

📚 Uchrashuvda yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, notiqlik san’ati va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

🤝 Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish Yoshlar maslahat guruhlari oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

🗣 Ta’kidlanganidek, Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish orqali yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga joriy etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6