Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Iqtisodiy islohotlar va narxlar barqarorligi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Iqtisodiyot va moliya bo‘limining ma’sul xodimi O.Mahsudovning hisobotlari tinglandi.

Kun tartibida quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;

Qo‘qon shahridagi Muqimiy va Shikorgoh mahallalari infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari;

“Yangi O‘zbekiston massivi” hududida ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari asosida ijtimoiy va kommunal sohalarda olib borilayotgan amaliy ishlar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 128-sonli qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Xususan, ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida mas’ul tashkilotlarga oziq-ovqat va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini sun’iy oshirish holatlarining oldini olish, bozorlarda tizimli monitoring olib borish hamda mavsumiy mahsulotlar narxini barqaror saqlash yuzasidan ham muhokamalar olib borildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3