Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 18-may, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova tomonidan Olmazor tumani hududidagi Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani hududidagi 53-DMTT va 255 DMTTda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 19-may, seshanba kuni Chilonzor tuman, Qozirobod okrugiga tegishli,” Qozirobod” MFY da joylashgan 138- sonli hamda 1-sonli umumta’lim maktablarida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova o‘rganish olib bo'lib borib yoshlar bilan uchrashuv tashkil etadi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

🗓 20-may, chorshanba kuni Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug'bek Ziyodullayev Uchtepa tumanidagi Hayratiy mahallasida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

🗓 21-may, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”da tadbir tashkil etilib voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam xizmatlari atroflicha o‘rganiladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 22-may, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan tomonidan Shayxontohur tumani mahallalarida uchrashuv tashkil etilib unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1