35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI – AMALDA

Mahalla yettiligi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Bag'rikeng" mfyda o‘rganishlar

"Bag'rikeng" mahallasidagi tahliliy jarayonlarning davomi sifatida, xalq deputatlari Bandixon Kengashi deputati Abdinazarov Jabbor Raximovich hamda hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar mahalla yettiligining ish samaradorligini bevosita hududda o‘rgandilar.

🔴Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

🔴O‘rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot qilindi. Rais tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi o'rganildi.

🔴O‘rganish jarayonida mahalla raisiga hududning tartib-intizomini yanada yaxshilash, "xonadonbay" xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi bilan qayta aloqani mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1