35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
янв.21
Аҳоли мурожаатларида кўтарилган ҳар бир масала атрофлича ўрганилиб, уларга қонуний ва амалий ечим топиш устувор вазифа ҳисобланади.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Deputat daftari” doirasida saylov okrugidagi fuqarolar bilan manzilli uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva mazkur masala ijrosini shaxsiy nazoratga oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyevaga Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Muhtasham ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
Deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman ekologiya va iqlim o'zgarishi bo'limi tomonidan o‘rganish olib borildi

❗️Do‘stobod mahallasi aholisi murojaatiga asosan Parkent (Siolkovskiy) ko‘chasidagi 2-, 17- va 18-uylar atrofi bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Yashnobod tumani ekologiya bo'limining inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📌O‘rganish davomida hududda mavjud qurigan daraxtlar holati ko‘rib chiqilib, ularni kesish bo‘yicha tegishli tartibda murojaat yuborish zarurligi ma’lum qilindi.

✅Shuningdek, ekologiya inspektorlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda joyiga chiqilib, “license.gov.uz” platformasi orqali ariza topshirish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 1