Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Deputat so‘rovi chiqarildi

 DEPUTAT SO‘ROVI 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Boymurotova Nazokat
Kamiljonovna tomonidan
 

Qo‘shko‘pir tumani, Ayronko‘l mahallasi hududida joylashgan Qo‘shko‘pir – G‘ozovot markaziy
avtomobil yo‘li bo‘yidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 8-sonli
maktabgacha ta’lim tashkiloti oldida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash,
ayniqsa, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligini muhofaza
qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish zarurati mavjud.
 

Mazkur hududda transport vositalari harakati juda serqatnov bo‘lib, piyodalar,
jumladan bolalar uchun xavfli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu yo‘l qismida zamonaviy svetofor o‘rnatish orqali
harakatni tartibga solish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish muhim
ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 1