Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaati e’tiborsiz qolmaydi!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Bog‘i eram” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Murojaat bor joyda yechim ham bor!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
Deputat faoliyatidan

 Ohangaronda “Yashil makon” ijrosi va ekologik nazorat masalalari o‘rganildi 

 Ohangaron tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish
va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
navbatdagi amaliy o‘rganish tashkil etildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati
mudiri, O‘zLiDeP a’zosi Madhiya Nishanova tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur o‘rganishda
tuman Ekologiya, atrof-muhitni asrash va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi faoliyati
tahlil qilindi.
 

O‘rganish davomida inspeksiya rahbari
Botir Dadanov tomonidan 2026 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi. Unda hududda atrof-muhit holatini yaxshilash,
ekologik nazoratni kuchaytirish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash
bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

Alohida e’tibor bahor mavsumida amalga
oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish
ishlariga qaratildi. Ta’kidlanganidek, ushbu loyiha nafaqat hududlarni obodonlashtirish,
balki ekologik muvozanatni saqlash, havo sifatini yaxshilash va iqlim o‘zgarishi
ta’sirini yumshatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘chat ekish tadbirlarining
tizimli tashkil etilishi, ularni parvarishlash va saqlab qolish ustidan nazoratni
kuchaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etildi.
 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida “Tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi inspeksiya
tomonidan qay darajada ta’minlanayotgani ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Qonun talablariga
amal qilish, ayniqsa chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ularning atrof-muhitga salbiy
ta’sirini kamaytirish masalalari bo‘yicha amaliy ishlar tahlil qilindi.
 

Deputatlik o‘rganishi yakunida atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, “Yashil makon” loyihasi
doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini kengaytirish hamda ekologik nazorat
samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil
makon” umummilliy harakati kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishda
muhim strategik ahamiyatga ega. Ayniqsa, bunday tashabbuslar hududlarda tizimli
amalga oshirilishi tabiatni asrash, bioxilma-xillikni saqlash va aholi turmush sifati
yaxshilanishiga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1