Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Deputat navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika ishlarini joyiga chiqib, atroflicha o‘rgandi.

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Bektemirov tomonidan navbatdagi sessiyada mazkur masala yuzasidan shahar IIB boshlig‘i J. Saibovning hisoboti eshitilishi rejalashtirilganligi munosabati bilan Bahor va Ibratli mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallalarda mavjud holat, amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, yoshlar bandligini ta’minlash hamda “Chilonzor tajribasi” asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, Bahor mahallasi 2025-yilda “sariq” toifaga kirgan bo‘lsa, 2026-yildan boshlab olib borilgan tizimli ishlar natijasida “yashil” toifaga o‘tkazilgani profilaktika inspektori A.Abduhaliqov tomonidan alohida e’tirof etildi. Mazkur natijaga erishishda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.

Ibratli mahallasida esa so‘nggi yillar davomida “yashil” toifa barqaror saqlanib kelinayotgani, profilaktika ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ijobiy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.

Deputat Sirojiddin Bektemirov o‘rganish jarayonida mahalla faollari, profilaktika inspektorlari hamda mas’ullar bilan muloqot o‘tkazib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, hududlarda jinoyatchilikni oldini olishda “Chilonzor tajribasi”ni keng joriy etish, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2