Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva, doimiy komissiya raislari Sh.Mamarizayev, B.Boltaboyev hamda deputat A.Jo‘rayevlar tomonidan “Tashabbusli byudjet” portali orqali g‘olib deb topilgan “Yangiobod” MFY hududidagi 15-umumta’lim maktabi filialida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov tomonidan loyihalarning amalga oshirilishi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputatlari B.Boltaboyev va A.Jo‘rayev tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan saylovchilar murojaati asosida Bog‘i Eram MFYga olib boruvchi 60V048 “A373 – Ahmadobod – Sho‘rtepa” mahalliy avtomobil yo‘li o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining VII chaqiriq XX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Boʻston tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirovaning fuqorolar qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-qaroriga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati N.Koʻzievaga aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi

Sessiyada quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish;

 • “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib loyihalarni moliyalashtirish;

 • 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun suv limitini tasdiqlash;

 • Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish;

 • Prezidentning PQ-468-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar;

 • Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatni tasdiqlash;

 • Tumandagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish;

 • Mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish masalalari.

Sessiya yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Sessiya tuman Kengashining YouTube’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda uzatildi.

Slide 1 of 6