Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva, doimiy komissiya raislari Sh.Mamarizayev, B.Boltaboyev hamda deputat A.Jo‘rayevlar tomonidan “Tashabbusli byudjet” portali orqali g‘olib deb topilgan “Yangiobod” MFY hududidagi 15-umumta’lim maktabi filialida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov tomonidan loyihalarning amalga oshirilishi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputatlari B.Boltaboyev va A.Jo‘rayev tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan saylovchilar murojaati asosida Bog‘i Eram MFYga olib boruvchi 60V048 “A373 – Ahmadobod – Sho‘rtepa” mahalliy avtomobil yo‘li o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining VII chaqiriq XX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Boʻston tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirovaning fuqorolar qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-qaroriga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati N.Koʻzievaga aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AMALIY ISHLAR BAJARILDI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, jumladan elektr energiyasi ta’minoti holatini o‘rganish hamda uni yaxshilash yuzasidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyev tomonidan tumanning “Sayrak” va “Ovchi” mahallalarida elektr energiyasi ta’minoti holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammolar aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlik so‘rovi tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i nomiga yuborildi.

Deputatlik so‘rovi asosida tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida zamonaviy beton ustunlar o‘rnatilib, mavjud elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Slide 1 of 7