Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva, doimiy komissiya raislari Sh.Mamarizayev, B.Boltaboyev hamda deputat A.Jo‘rayevlar tomonidan “Tashabbusli byudjet” portali orqali g‘olib deb topilgan “Yangiobod” MFY hududidagi 15-umumta’lim maktabi filialida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov tomonidan loyihalarning amalga oshirilishi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputatlari B.Boltaboyev va A.Jo‘rayev tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan saylovchilar murojaati asosida Bog‘i Eram MFYga olib boruvchi 60V048 “A373 – Ahmadobod – Sho‘rtepa” mahalliy avtomobil yo‘li o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining VII chaqiriq XX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Boʻston tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirovaning fuqorolar qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-qaroriga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati N.Koʻzievaga aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida

Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2025-yil davomida hamda 2026-yilning 1-choragi yakuni bilan qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va ekologiya sohalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Doimiy komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etildi. Shu bilan birga, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muhitni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish borasidagi davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirish komissiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

2025-yil davomida doimiy komissiya tomonidan 12 marotaba yig‘ilish o‘tkazilib, ularda agrar soha, suv xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlariga oid 12 ta muhim masala atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishlarda hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining holati, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yuzasidan mas’ul tashkilotlarning hisobotlari eshitildi hamda tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xususan, Kogon tumanida melioratsiya obyektlarini tizimli ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tizimlarini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil iqtisodiyot’ yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–16-son Farmoni ijrosi doirasida tumanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. “Buxoro suv ta’minoti” AJ Kogon shahar filiali tomonidan olib borilgan ishlar, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda yangi suv tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha bajarilgan vazifalar yuzasidan hisobotlar eshitildi.

Bundan tashqari, tumanda gaz va elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari ham komissiya tomonidan atroflicha o‘rganildi. Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, elektr tarmoqlarini yangilash hamda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari doimiy komissiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tiborda bo‘ldi. Jumladan, ekologik holatni yaxshilash, hududda yashil hududlarni kengaytirish, daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4