Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boʻston tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirovaning fuqorolar qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-qaroriga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi loyihalar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati N.Koʻzievaga aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati K.Axmedova oʻz saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini nazorat tartibida oʻrgandi.
янв.21
Belgilangan jadval asosida xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati B.Solieva tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
янв.21
Хalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati J.Raxmonov tomonidan hududdagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi raisi M.Tuychieva tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxona faoliyati nazorat tartibida oʻrganildi.
янв.21
9–11-sinf oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

YOSHLARGA MUROJAATI.

Qadrli talabalar, aziz yoshlar!

Joriy yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy va ma’naviy voqea sifatida tarixga kirdi. Unda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovasion loyihalarni moliyalashtirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni chuqur o‘rganish, volontyorlik harakatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bu tashabbuslar, avvalo, yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yuksak ishonch ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlar — ulkan iqtisodiy va intellektual kuchdir. Bu kuch — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va mas’uliyatli avloddir.

Aziz navoiyliklar!

Ilm va ma’rifat an’analari chuqur ildiz otgan Navoiy zamini azaldan buyuk allomalar, fidoyi insonlar va jasoratli yoshlar yurti bo‘lib kelgan. Bugun ana shu sharafli merosni davom ettirish, uni zamonaviy texnologiyalar va innovasion yondashuvlar bilan boyitish — bizning eng muhim vazifamizdir.

Muhtaram jamoa!

Navoiy davlat universiteti nafaqat ta’lim maskani, balki g‘oyalar tug‘iladigan, innovatsiyalar yaratiladigan va kelajak mutaxassislari shakllanadigan markaz bo‘lishi shart. Har bir fakultet va kafedra amaliy loyihalar, ilmiy izlanishlar va startap tashabbuslar bilan faol bo‘lishi zarur. Har bir diplom ishi — real muammoni hal etadigan loyihaga, har bir ilmiy tadqiqot — ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliy yechimga aylanishi lozim.

Aziz talabalar!

Sizlar — ertangi muhandislar, texnologlar, tadbirkorlar va innovatsiya yaratuvchilardirsiz. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan grantlar, imtiyozli kreditlar, startap dasturlari va xalqaro tajriba almashinuv imkoniyatlari — sizlar uchun. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, g‘oya bildirish, tashabbus ko‘rsatish va harakat qilishdir. Xatodan emas, harakatsizlikdan qo‘rqing.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizlar yoshlar qalbida ishonch uyg‘otuvchi, ularni g‘oyadan amaliy natijaga yetaklovchi ustozlarsiz. Zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda, talabalarda tadbirkorlik tafakkuri, jamoada ishlash madaniyati va global fikrlash qobiliyatini shakllantirish — bugungi kun talabi. Universitet rahbariyati sifatida biz yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, xorijiy til va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Bizning ustuvor maqsadimiz — oddiy diplom sohibini emas, balki ish o‘rni yaratadigan, innovatsiya kiritadigan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassisni tayyorlashdir.

Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Navoiylik yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaramiz, universitetimizni respublika va xalqaro miqyosda nufuzli ta’lim va innovatsiya markaziga aylantiramiz.

Ishonch bilan oldinga intilaylik!

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov

Slide 1 of 1