Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Davra suhbatida giyohvandlikning inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Shuningdek, bu illatning oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri misollar orqali tushuntirildi.
✅ O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan savollar berdilar va atroflicha javob oldilar.
✅ deputat tomonidan yoshlarni har qanday yot g‘oyalardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, sport va ilm-fan bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Mazkur davra suhbati o‘quvchilarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirishga, ularni ogohlik va hushyorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.