Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Аholiga tibbiy patronaj xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Хalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K. Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi — Xovos mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, aholi va bolalar uchun ajratilgan sport maydoni holati o‘rganildi.
янв.21
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi.
янв.21
Siyosiy o‘quv seminari o‘tkazildi.
янв.21
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva o‘z saylov okrugi Bog‘i eram mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumani Bog‘i eram mahalla fuqarolar yig‘ini Ijtimoiy hodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan hizmatlarni sifatli tashkil etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘kazildi.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Shahar ELEKTR TARMOQLARI rahbariyatiga Kengash qarori O'YINCHOQMI ?!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2025- yil 18-avgustda qabul qilingan VII-9-59-11-167-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan hanuzgacha aniq natija yo‘qligi jamoatchilikda keskin e’tiroz uyg‘otmoqda. Qaror qabul qilinganiga 7 oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, unda belgilangan tayyor temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmagan.

Eng achinarlisi, mazkur ustunlar allaqachon xarid qilingan bo‘lsa-da, ularni joyiga o‘rnatish masalasi sababsiz ravishda paysalga solinmoqda. Natijada aholi elektr ta’minotidagi uzilishlar, xavfsizlikka tahdid va ortib borayotgan muammolar bilan yuzma-yuz qolmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod etish siyosatini qat’iy olib borayotgan bir paytda, joylarda bunday loqaydlik va mas’uliyatsizlik Prezident siyosatini amalda qasddan orqaga tortish bilan barobar emasmi? Tayyor, sotib olingan tayanch ustunlarni o‘rnatmaslik – bu oddiy sustkashlikmi yoki aholining ehtiyojlariga nisbatan ochiq bepisandlikmi?

O‘rinli savol tug‘iladi: Quvasoy shahri Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Abelfazov Odiljon Huseinovich nima sababdan Kengash qarorini ijrosiz qoldirmoqda? Qarorni bajarishga to‘sqinlik qilayotgan real omillar bormi? Agar mavjud bo‘lsa, nega bu haqda Kengash va jamoatchilikka o‘z vaqtida rasmiy, asosli ma’lumot berilmadi?

Xalq deputatlari shahar Kengashi qarori – bu shunchaki tavsiya emas, balki ijro etilishi shart bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. Unda shahardagi "100 ming aholini taqdiri" yotadi. Uni mensimaslik yoki qog‘ozda qoldirish davlat boshqaruvi intizomiga va qonun ustuvorligiga zid harakat hisoblanadi.

Mas’ul tashkilot rahbariyatidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan aniq muddatlar, amaliy chora-tadbirlar rejasi va javobgarlik masalasiga ochiq-oydin izoh berilishi qat’iy talab etiladi. Aks holda, bu masala jamoatchilik nazoratiga olinib, tegishli tartibda muhokama qilinishi va qonun doirasida choralar ko‘rilishi zarur.

Aholi manfaatlari ustuvor bo‘lgan davrda, joylardagi beparvolik va sustkashlikka o‘rin yo‘q. 

Davlat siyosatini so‘zda emas, amalda qo‘llab-quvvatlash – har bir rahbarning bevosita burchidir.

Slide 1 of 5