Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Bo‘ston tumanida “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
"MAXALLANI RIVOJLANTIRISH-JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI" DAVLAT DASTURI TARGʻIBOTI
Senat ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi farovonligini oshirishga doir ishlar o‘rganildi

Senat ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi farovonligini oshirishga doir ishlar o‘rganildi


Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Ishchi guruh dastlab Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti faoliyatini ko‘zdan kechirdi. O‘tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan qurilish ishlari doirasida 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda 500 o‘rinli talabalar turar joyi barpo etilgan. Ayni paytda institutda fizika, kimyo, biologiya va STEAM laboratoriyalari yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini bermoqda. Muloqotlar chog‘ida taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va hudud ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng Ishtixon tumanidagi “Afrosiyob jeans” MCHJ Ishtixon filiali faoliyati bilan tanishildi. Korxona yiliga 714 ming dona jinsi mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha doirasida 170 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Senatorlar ishlab chiqarish jarayoni, mehnat sharoitlari va eksport geografiyasi yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, Ishtixon tumanida barcha sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi. Raqamlashtirish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va shaffoflikni taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida “Ko‘ktepa” mahallasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, o‘zaro hamkorlikning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, ishchi guruh Payariq tumanida yangidan qurilgan Imom al-Buxoriy majmuasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishdi. Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan so‘nggi yillarda majmuani yanada obodonlashtirish, uning infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, raqamli axborot va navigatsiya tizimlarini joriy etish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, ziyoratchilar oqimini samarali tashkil etish, transport va servis xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilgan.

Senat Raisi hududlarda taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish va raqamli boshqaruv tizimlarini keng joriy etish barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash bilan birga, aholi farovonligini yuksaltirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi. Mutasaddilarga ilg‘or tajribani kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 9