#Deputat_faoliyati
Deputat A. Maxxammatov Qirqovul mahallasida
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati A.Maxxammatov Qirqovul mahallasida bo‘lib, hududdagi mahalla yetiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan kelishib oldi.
Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, obodonlashtirish tadbirlari, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi. Hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda fuqarolarning murojaatlariga tezkor javob qaytarish bo‘yicha aniq reja va vazifalar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)