Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi.
янв.21
Siyosiy o‘quv seminari o‘tkazildi.
янв.21
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva o‘z saylov okrugi Bog‘i eram mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumani Bog‘i eram mahalla fuqarolar yig‘ini Ijtimoiy hodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan hizmatlarni sifatli tashkil etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘kazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyasi hamda kotibiyati tomonidan Kengash ish rejasiga asosan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bo‘ston tuman texnikumida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputalarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shahar Kengashi deputati “Shayxon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish maqsadida Xalq deputatlari shahar kengashi deputati F.Hojiyev “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda kundalik turmush bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarildi. Deputat F.Hojiyev har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirishlar berdi, yechim talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari ham faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini bildirishdi.

Mazkur sayyor qabul aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda joylardagi muammolarni manzilli hal etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4