Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati X.Suvonov tomonidan Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFYning mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputat "Mahalla yettiligi" faoliyati, mahalladagi mavjud muammo va yechimini kutib yotgan masalalar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida deputat “Ko‘rkam diyor” MFY profilaktik ro‘yxatda turuvchi shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlashib, muammolarini tingladi.
Ularning qayta jinoyat sodir etmasligi, ijtimoiy hayotga moslashuvi hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilar bilan aniq vazifalar belgilab
olindi.