Jalaquduq tumani Toshloq, O‘zbekiston MFY hududida olib borilgan xatlov jarayonlari davomida ishlash istagida bo‘lgan, bandligi ta’minlanmagan 12 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlandi. Ularning bandligini
ta’minlash maqsadida Oyim hududida joylashgan “Fartuna Inves” MCHJ bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Natijada, mazkur 12 nafar xotin-qizlar tuman Kengashi deputati Turg`unova Mohidilxonning bevosita ko‘magi va tashabbusi bilan ushbu korxonaga ishga joylashtirildi. Ishga qabul qilingan fuqarolarga
mehnat shart-sharoitlari, ish vaqti va qonuniy mehnat munosabatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ushbu tashabbus xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar daromadini yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam ekani ta’kidlandi. Kelgusida ham bunday ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi belgilandi.