Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush darajasini yaxshilash, mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Tilavoldiyev ishtirok etib, strategiyada belgilangan vazifalarning hududlarda samarali ijrosini ta’minlashda deputatlik nazoratining ahamiyatini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar va fikr almashuvlar o‘tkazildi.